2019 yil 14 avgust kuni soat 15:20larda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri Guliston MFYda yashagan 44 yoshli F.M. uyi oldida joylashgan ustaxonada dizel yoqilg‘isi saqlash uchun mo‘ljallangan bochkani payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.M. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.