Shvetsiyada Markaziy osiyolik shaxs terakt tayyorlashda gumonlanib hibsga olindi

Jahon 20:07 / 16.08.2019 5856

Shvetsiyaning Estersund shahri sudi terakt tayyorlashda gumonlangan shaxsni hibsga olishga hukm chiqardi.  

"Sud bugun 14 avgust kuni Estersundda terakt uyushtirishga urinishda gumonlangan erkakni hibsga oldi", - deyiladi bayonotda.

Shvetsiya OAVning xabar qilishicha, gumonlanuvchi yo‘lovchilarni avtomobilda bosib ketishga uringan, ammo maqsadini amalga oshirolmagan. Uning avtomobilidan politsiyada shubha uyg‘otgan buyumlar topilgan.

Sveriges Radio radiosining xabariga ko‘ra, u Markaziy Osiyo davlatlaridan biridan bo‘lib, Shvetsiyada yashash uchun ruxsatnoma olishga ikki marta urinib rad javobini olgan. 2016 yilda unga mamlakatni tark etish buyurilgan, ammo u yashash uchun ruxsatnoma olishga erishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: