Samarada zaharlangan o‘zbekistonliklardan 4 nafari Moskvaga davolanishga keltirildi

Jahon 22:12 / 16.08.2019 6080

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Samara oblastida zaharlanish oqibatida shifoxonada og‘ir ahvolda bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlikning Moskvadagi gematologiya milliy tadqiqot markaziga davolanish uchun yetkazilishini tashkillashtirdi. 

Ta'kidlanishicha, Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus bortini O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisining migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi rahbari kutib olishgan.   

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda Samara oblastining tibbiy muassasalarida o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun shifokorlar guruhi shakllantirilmoqda. 

Rossiyaning Samara oblastida 16-17 iyul kunlari O‘zbekistonning 69 fuqarosi turli darajadagi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Ular Sizran tumanidagi Koshelevka qishlog‘ida “Koshelevskiy posad” MChJda mehnat qilishgan va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishgan. Taxmin qilinishicha, o‘zbekistonliklar kalamushlarga qarshi qo‘llanuvchi zahardan zaharlanishgan. Jabrlanganlardan bir nafari halok bo‘ldi, yana 58 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: