Qirg‘izistonda Atamboyevlar oilasining banklardagi hisob raqamlari va mulklari hibs qilindi

Jahon 18:27 / 16.08.2019 29449

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning respublikadagi 25ta bankda bo‘lgan hisob raqamlari hibs qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, Atamboyev, uning rafiqasi Raisa tegishli mulklar, qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, banklardagi hisob raqamlari hamda sobiq prezident oilasiga tegishli qator korxona va firmalar hibs qilingan.

Atamboyevlar oilasiga qarashli kompaniya va tashkilotlar ham hibs qilingan. Ular orasida "Kirgizavtomash" OAJ, "Aprel" telekanali, "Media Forum" OAJ va "Aprel" jamoat fondi bor.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, "Kirgizavtomash" OAJ balansida 20dan ortiq xonadon va Bishkekda bitta ko‘p xonadonli uy, yer uchastkalari, temiryo‘l uchastkasi, sexlar, do‘kon va noturar binolar bor.

Shuningdek, Arashan qishlog‘idagi hovli, poytaxtdagi turarjoy, bitta xonadon, sakkizta avtomobil, to‘rtta yer uchastkasi, yaylov, ko‘pyillik daraxtlar va sog‘lomlashtirish markazi ham hibs ostiga tushgan.

Qayd etilishicha, sobiq prezidentning jami 120ta mulk obekti hibs qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: