Kiyev aeroportida Isroilga ekstraditsiya qilinayotgan narkosavdogar g‘oyib bo‘ldi

Jahon 18:22 / 16.08.2019 13159

Kiyevning "Borispol" aeroportida Isroilga ekstraditsiya qilinishi kerak bo‘lgan AQSh fuqarosi g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Kiyev prokuraturasi ma'lum qildi. Politsiyaning aniqlik kiritishicha, uning ismi Amos Dov Silver bo‘lib, u narkosavdogarlikda gumon qilinmoqda.

U xalqaro qidiruvda bo‘lib, martda Ukrainada qo‘lga olingan. 15 avgust kuni u Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari konvoyi aeroportga olib kelganidan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. Kiyev politsiyasi matbuot xizmatining bildirishicha, uning bilagidan elektron bilaguzuk yechib olingan va pasport nazoratidan so‘ng u duty free hududida yo‘qolib qolgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Amos Dov Silver AQSh va Isroil fuqarosi hisoblanadi. U Telegrass marixuanasini sotish bo‘yicha yirik xalqaro internet tarmoq asoschisi hisoblanadi.  

Ko‘proq yangiliklar: