CNN: Oq uy Tayvanga o‘nlab F-16 samolyotlari yetkazib berishni norasmiy tarzda ma'qulladi

Jahon 20:53 / 16.08.2019 7784

AQSh ma'muriyati Xitoyning e'tirozlariga qaramasdan Tayvanga o‘nlab F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berishni norasmiy tarzda ma'qulladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib CNN xabar bermoqda.

Ularning ma'lumot berishicha, Oq uy o‘z qarori haqida AQSh kongressini norasmiy tarzda xabardor qilgan.  

Telekompaniyaning qayd etishicha, shartnoma amalga oshishi uchun ma'muriyat kongressga rasman murojaat qilishi talab etiladi. 

Tayvan 1949 yildan buyon o‘z ma'muriyati tomonidan boshqariladi. U o‘z bayrog‘i, valutasiga ega. Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyalaridan biri deb hisoblaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: