Tramp va Zelenskiy 1 sentyabrda Polshada uchrashishi mumkin

Jahon 01:48 / 15.08.2019 5143

AQSh prezidenti Donald Tramp avgust oxirida Polshaga tashrif buyurib, u yerda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha qoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.   

1 sentyabrda Tramp Ikkinchi jahon urushining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Ta'kidlash joiz, ushbu tadbirlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi. Ikki davlat yetakchisi aynan shu tadbirlar davomida uchrashishi mumkinligi aytilgan.

Tramp va Zelenskiy hali biror marta uchrashmagan va faqat bir martagina telefon orqali suhbatlashgan. Tramp suhbat chog‘ida ukrainalik hamkasbiga avvalgi prezident Pyotr Poroshenko kabi uchrashuv haqida so‘rashi va Vashingtonga kelishi kerakligiga ishora qilgan. 

O‘z vaqtida Poroshenko Tramp bilan uchrashish va u bilan Oval xonasida suratga tushish uchun mo‘maygina pul to‘lagan. Ma'lum qilinishicha, Ukrainaning sobiq prezidenti bu maqsadda Trampning o‘sha vaqtdagi advokati Maykl Koenga 400 mingdan 600 minggacha dollar to‘lagan.

Ko‘proq yangiliklar: