Test sinovlarining o‘n yettinchi kuni haqida ma'lumot berildi

O‘zbekiston 09:19 / 15.08.2019 29999

Davlat test markazi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarining o‘n yettinchi kuni haqida ma'lumot berdi.

2019 yil 15 avgust kuni Buxoro viloyatidagi 3 ta katta sig‘imli binolarda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 1 410 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 1 382 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;
- 28 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Bundan oldin, bu yil 50 yoshdan oshgan 672 nafar abituriyent imtihon topshirgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: