O‘zbek velosportchisi tarixda ilk marta jahon reytingida kuchli uchlikka kirdi

Sport 15:02 / 15.08.2019 10469

Xalqaro Velosportchilar Ittifoqining yangilangan jahon reytingida o‘zbekistonlik Murodjon Xolmurodov velotrekning ochkolar bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishida uchinchi pog‘onada qayd etildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, bunday natija o‘zbek velosporti tarixida ilk marta kuzatilmoqda.

37 yoshli Xolmurodov hisobida 1337.5 ochko mavjud.

Ayni shu yo‘nalishning ayollar toifasida esa Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olib ulgurgan Olga Zabelinskaya 1200 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: