Xitoy AQShning ikki kemasiga Hongkong portiga kirishni rad etdi

Jahon 14:22 / 14.08.2019 13110

Xitoy AQShning Hongkong portiga ikkita harbiy kemasi kirishiga ruxsat berilishi bo‘yicha murojaatiga rad javobini berdi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani floti vakili Neyt Kristensen ma'lum qildi.

“Xitoy hukumati Hongkong portiga kirish bo‘yicha murojaatimizni rad etdi”, deb aytgan u.

Kristensen jurnalistlarning rad etish sabablari bo‘yicha savollarini Xitoy tomoniga yo‘naltirgan. 

Honkongda ikki oydan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. 

Pekin bir necha marotaba turli darajalarda AQSh va boshqa davlatlarni Xitoyning ichki ishi hisoblangan Hongkong ishlariga aralashishda ayblagan.

Avgust boshida Xitoy Hongkongdagi amerikalik diplomatlardan ular norozilik namoyishlari faollari bilan uchrashganlari xabar qilingandan so‘ng shaharning ishlariga aralashishni bas qilishni talab qilgan.

OAVda ma'lum qilinishicha, avvalroq AQShning USS Green Bay desant kemasi 10 avgustda Hongkong portiga kirishi, USS Lake Erie raketa kreyseri esa sentyabrda tashrif buyurishi rejalashtirilgandi.

AQSh harbiy kemalari oxirgi marta Hongkongga aprelda tashrif buyurgan.

Ko‘proq yangiliklar: