Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors kompaniyasi mijozlarga ogohlantirish bilan chiqdi

UzAuto Motors AJ avtomobil xarid qilish jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida mijozlarga murojaat bilan chiqdi. Unda, ma'lum bir modeldagi avtomobillar uchun shartnomalar yo‘qligi, yoxud qo‘shimcha pul talab qilish holatlariga duch kelgan xaridorlar kompaniyaning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligi ta'kidlangan.
«Rasmiy dilerlarda UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning barcha rang va to‘plamlariga shartnomalar mavjudligini ma'lum qilamiz. Agar siz avtomobil xaridi jarayonida u yoki bu modeldagi avtomobil uchun shartnoma yo‘qligi, yetkazib berish muddatining uzoqligi kabi vajlar bilan qo‘shimcha pul mablag‘larini talab qilish holatlariga duch kelsangiz, UzAuto Motors komaniyasining ishonch telefonlariga 78 141-77-77 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya yangi avtomobillar savdosida tovlamachilik va boshqa korrupsion harakatlarning oldini olish, avtomobillar savdosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida «Uzavtosavdo» mobil ilovasini ishga tushirgan. Agarda ilovada zarur avtomobil yo‘q bo‘lsa, buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil zavodiga yuboriladi. Mazkur ilova orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning rangi va rusumini tanlab unga shartnoma olishi mumkin.
«Uzavtosavdo» ilovasi xaridorga barcha jarayonlarni boshidanoq nazorat qilish, o‘z navbati va avtomobilni olish sanasini bilib borish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
Mavzuga oid

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

16:09 / 15.05.2025