Jahon | 17:02 / 14.08.2019
9642
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qatar hududida o‘zining ikkinchi harbiy bazasini tashkil qiladi

Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici

Turkiya Qatar amirligi hududidagi o‘zining ikkinchi harbiy bazasi qurilishini deyarli yakuniga yetkazdi. Bu haqda Al Ahram gazetasi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, yangi baza shu yilning kuzida ochiladi. Yangi harbiy obekt ochilishida Qatar amiri shayx Tamim ben Hamad Al Tani va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an qatnashishi kutilmoqda.

Turkiyaning yangi bazasi Qatar janubidagi "Tariq ben Ziyod" bazasi yonida joylashadi. Mazkur bazada 2015 yil oktyabrdan buyon Turkiya harbiylari joylashgan. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, "Tariq ben Ziyod" bazasida uch mingga yaqin turk harbiylari bor.

Mavzuga oid