Tojikistonda milliy madaniyatga yot kiyim-kechak sotish taqiqlandi – OAV

Jahon 20:02 / 14.08.2019 17177

“Axbor” internet-nashri ixtiyoriga Tojikistonda “milliy madaniyatga yot” kiyim-kechakni sotishni taqiqlovchi hujjat kelib tushdi. Hujjat “mahfiy” muhriga ega bo‘lib, Tojikiston prezidenti apparati rahbari, prezidentning katta qizi Ozoda Rahmon tomonidan imzolangan.

Hujjatda milliy madaniyatga yot kiyim deganda aynan nima ko‘zda tutilishi ko‘rsatilmagan.

Bu hujjatning ijrosi ichki ishlar vazirligi, milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi, din, urf-odat va an'analarni tartibga solish davlat qo‘mitasi, ayollar va oila masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi, bojxona xizmati, Islomshunoslik markazi, Islom markazi ulamolari kengashi va boshqa markaziy va mahalliy hokimiyat idoralariga yuklangan. 

Ta'kidlanishicha, Tojikiston hukumatida ushbu hujjatga hozircha rasman izoh berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: