Rossiya mudofaa vaziri samolyotiga F-18 qiruvchisi yaqinlashdi (video)

Jahon 01:10 / 14.08.2019 42086

13 avgustda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Kaliningraddan Moskvaga parvozi vaqtida samolyotiga NATOning F-18 qiruvchi samolyoti yaqinlashdi. Qiruvchi vazir samolyotini kuzatib borgan Su-27 samolyotlari tomonidan siqib chiqarilgan.

Internetda F-18’ning Shoygu samolyotiga yaqinlashishi videosi tarqaldi. Videoni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari joylashtirishgan.

Shoyguning samolyotidan olingan videoda samolyot tomon NATO qiruvchisi yaqinlashayotganini ko‘rish mumkin. Samolyot yoniga Su-27 uchib kelgach, F-18 vazirning samolyotidan narilasha boshlagan.

Ta'kidlanishicha, voqea Boltiq dengizi ustidagi neytral hudud ustida yuz bergan. Shoyguning samolyotini ikkita Su-27 kuzatib borgan.

Shoygu Kaliningradda ishchi safar bilan bo‘lgan va Naximov harbiy bilim yurti filiali tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etgan.

2017 yil iyunda ham NATOning F-16 samolyoti Shoygu samolyotiga yaqinlashgan. O‘shanda NATO samolyoti Shoygu samolyotiga parallel ravishda bir necha o‘n metr nariroqda uchib borgan. Shunda ular orasiga Su-27 turib olgan. Rossiyalik uchuvchi samolyotini chayqatib, F-16 uchuvchisiga raketalari borligini ko‘rsatib qo‘ygan. Shundan keyin NATO samolyoti chetga ketgan. O‘shanda NATOda samolyot bortida Shoygu borligidan xabarlari bo‘lmagani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: