Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimiyat organlarining tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha eng muhim vazifalari belgilandi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tadbirkorlik sub'yektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng muhim vazifalari etib belgilandi:
tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarining so‘zsiz bajarilishi, mulk va boshqa mulkiy huquqlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, barqaror rivojlanayotgan tadbirkorlik sub'yektlari sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish, shuningdek, o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlar bilan ishlashni kuchaytirish;
faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va noturarjoy obektlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish, yer uchastkalarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratishda ko‘maklashish;
tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy, tovar va xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishida amaliy yordam ko‘rsatish;
tadbirkorlik sub'yektlari uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, davlat idoralarining rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda yoritib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda konsultativ yordam va axborot jihatdan ta'minlash, tadbirkorlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha joylarda seminar-treninglar o‘tkazish;
tadbirkorlarga biznes forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashish, ularda mahalliy va xorijiy tadbirkorlik sub'yektlarining keng ishtirokini ta'minlash;
tadbirkorlarga ishonchli sheriklar va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topishda, eksport salohiyatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025