Grizmann bolalikdagi kumiri kim bo‘lgani va nega doim yengi uzun futbolkada o‘ynashini aytdi

Sport 15:51 / 14.08.2019 18476

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann klub rasmiy tvitterida «90 soniya sinovi»da qatnashib, qisqa savollarga qisqa javoblar berdi.

– Bolaligingizdagi qahramoningiz kim edi?
– Bekhem.

– Rubik kubigini yig‘a olasizmi?
– Yo‘q.

– «Barselona»dagi sevimli afsonangiz?
– Puyol.

– Rep yoqadimi?
– Ha.

– «Barsa»dagilardan kimning soch turmagi eng zo‘ri?
– Meniki.

– O‘z kiyim brendingiz bo‘lishini xohlarmidingiz?
– Ha.

– Nega doim yengi uzun futbolkada o‘ynaysiz?
– Bekhem tufayli.

Ko‘proq yangiliklar: