Eron prezidenti: Fors ko‘rfazi xavfsizligini ta'minlash uchun xorij kuchlarining keragi yo‘q

Foto: REUTERS
Fors ko‘rfazi xavfsizligini mintaqa davlatlari xorij kuchlarini jalb qilmasdan ta'minlay oladi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi.
"Fors ko‘rfazi xavfsizligini ta'minlash uchun xorij kuchlarini jalb etishga hech qanday zarurat yo‘q", - deyiladi Eron prezidenti saytida joylashtirilgan bayonotda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Fors ko‘rfazi davlatlari muloqot va birdamlik shartlarida mintaqaviy barqarorlikni saqlashlari mumkin".
"AQShning harakatlari ularga hech qanday foyda keltirmaydi", - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Fors ko‘rfazi mintaqasidagi vaziyat Ummon ko‘rfazida ikkita tanker portlaganidan so‘ng keskinlashdi. AQSh bu voqea uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yukladi, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni uni qo‘llab-quvvatladi. Tehron bu ayblovni rad etdi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025