Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglament ishlab chiqildi

Foto: 123RF
“O‘zstandart” agentligi tomonidan soha mas'ullari bilan “Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi xabariga ko‘ra, ushbu texnik reglamentda quyidagi xavfsizlik choralari ko‘zda tutilgan:
• o‘yinchoqlarni tayyorlashda foydalaniladigan xomashyo toza, noinfeksion va amaldagi texnik reglamentda keltirilgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjat talablariga mos bo‘lishi;
• o‘yinchoq loyihalanishi va tayyorlanishi, ulardan foydalanish jarayonida bolalarga hamda ularga qarab turuvchi shaxslarning sog‘ligi, hayoti uchun xavf tug‘dirmasligi;
• o‘yinchoqlarda oldin boshqa maqsadlarda ishlatilgan ikkilamchi xomashyoni qayta ishlab olingan materiallarni qo‘llash ruxsat etilmasligi;
• o‘yinchoqning mavjud qirralari, o‘tkir uchlari, qattiq detallari, prujinalar, mahkamlovchi qismlari, oraliqlar, burchaklar, bugrilari bilan bolalarni jarohatlanish xavfi bo‘lmasligi talab qilinadi.
Qayd etilishicha, loyihani ishlab chiqishda mamlakatda va xorijiy davlatlarda sohaga doir me'yoriy hujjatlardan foydalanildi.
Bugungi kunda umumiy texnik reglament loyihasi mas'ul vazirlik va idoralar bilan kelishilgan hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritishga tayyorlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga «kasb vaucheri» beriladi
O‘zbekiston | 18:31
Mavzuga oid

11:56 / 12.04.2025
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti

13:00 / 23.01.2024
Rossiyada o‘yinchoqlarning «chet el agentlari» bilan aloqasi tekshiriladi

22:23 / 25.10.2021
O‘yinchoqlar biznesi qiroli – millioner Anvar Abduqayum bilan suhbat

11:34 / 16.03.2021