Atamboyevdan maxsus jangchining o‘ldirilishi bo‘yicha ayblov olindi

Jahon 20:55 / 14.08.2019 69497

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohida maxsus jangchining o‘ldirilishida Atamboyevni yoki uning taniqli tarafdorlaridan biri emas, Norin viloyatida yashovchi shaxs ayblandi. Bu haqda KaktusMedia nashri yozmoqda.

Atamboyevni qo‘lga olish vaqtidagi to‘qnashuvlarda maxsus vazifalarni bajaruvchi “Alfa” otryadi komandiri o‘rinbosari Usenbek Niyazbekov Dragunov snayper miltig‘idan otib o‘ldirilgan. Endi esa manbalar Niyazbekov undan tortib olingan o‘z avtomatidan o‘ldirilganini ta'kidlashmoqda.

Bishkekda esa maxsus jangchilarda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqatgina rezina o‘qlar bo‘lgani, ular umuman o‘q uzishmagani ta'kidlab kelingan. 

Niyazbekovning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlangan. Bu haqda halok bo‘lgan jangchi yaqinlari manfaatlarini bildiruvchi advokat Kayrat Zagibayev ma'lum qildi.

Zagibayevning aytishicha, gumonlanuvchining ismi hozircha ochiqlanmagan, biroq 2-3 kun ichida ma'lum qilinishi kerak.

Advokatning ta'kidlashicha, bu holat maxsus jangchining halok bo‘lishiga olib kelgan Qo‘y-Toshdagi voqealar uchun Atamboyevdan javobgarlikni olmaydi.

To‘qnashuvlar vaqtida Usenbek Niyazbekov ko‘kragidan olingan o‘qotar jarohatdan halok bo‘lgan, “Alfa”ning yana 6 xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olinib, ertasi kuni qo‘yib yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: