AQSh Yevropada o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirmoqchi emas

Jahon 15:54 / 14.08.2019 7132

Amerikaning o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarini Yevropaga joylashtirish bo‘yicha hech qanday reja mavjud emas, dedi AQShning Moskvadagi elchisi Jon Xansman.

"Bu mavzuda ko‘plab taxminlar bo‘ldi, ammo men aniq gap eshitmadim. Darvoqe, Rossiya rahbariyati bilan bu mavzu muhokama qilingani yo‘q. Doim tahdid mavjud va doim Qo‘shma Shtatlar aybdor", - dedi Xansman "Exo Moskvi" radiostansiyasi efirida.

"Ammo ushbu haftada yangi mudofaa vazirimiz bergan javobga ko‘ra, hattoki bu toifadagi qurollarga ehtiyoj sezilgan taqdirda ham ular Yevropaga emas, Osiyo-Tinch okeani hududidagi orollarning birinchi zanjiriga joylashtiriladi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

AQSh 2 avgust kuni O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtirokini rasman to‘xtatdi. Bunga javoban Rossiya ham shartnomaning amal qilishi tugaganini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: