Zelenskiy rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Jahon 16:55 / 13.08.2019 13957

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashga topshiriq berdi.

Ukraina prezidenti saytida e'lon qilingan hujjatda "siyosiy qarashlari bois ta'qibga uchragan" shaxslar haqida so‘z yuritilgan.

Hujjatga ko‘ra, "Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasini ta'minlashda qatnashgan" xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan ham soddalashtirilgan tartib qo‘llaniladi.

2018 yil noyabrda Ukraina Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi. Vladimir Putin Moskva cheklov kiritmasligini, aksincha, ukrainaliklarga Rossiya fuqaroligini berishni yengillashtirishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: