Tarixiy obektlar yaqinida Fast food oshxonalari bo‘lmaydi – Aziz Abduhakimov

O‘zbekiston 23:59 / 13.08.2019 5995

Mamlakatimizdagi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obektlarni asrash va boshqa muhim tarixiy joylar himoyasini kuchaytirish maqsadida bu kabi hududlar 500 metr radiusda ajratiladi va fast food restoranlaridan xoli zonaga aylantiriladi. 

Bu haqida «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror muhokamasida ma'lumot berildi. 

«Bu juda to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Chunki milliy taomlarimizning mavjud bo‘lishi tarixiy manzillarga ko‘proq mos tushadi» - deydi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. 

Shuningdek, qaror muhokamasida sayyohlik hududlaridagi turli tartibsizliklarning oldini olish uchun faoliyat yuritayotgan turistik politsiyaning faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tildi.  

Tarixiy obektlarda har xil noto‘g‘ri qurilishlarning oldini olish uchun ham alohida komissiyalar faoliyat yuritishi, biroq bu borada jamoatchilik nazorati muhim ekani ham alohida ta'kidlandi. 

Ko‘proq yangiliklar: