Sakkiz yoshli bola shtangani 701 marta ko‘tarib, jahon rekordini yangiladi

Sport 11:58 / 13.08.2019 23640

Rossiyaning Kirov oblastida istiqomat qiluvchi sakkiz yoshli Vlad Cherepanov shtangani ikki qo‘llab tik ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Life xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bolakay shtangani 701 marta ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalgi rekord 210 marta edi. Shtanganing og‘irligi 11 kilogrammni tashkil etdi - bolakay vaznining yarmi.

Vlad Kirov oblasti, Sovetsk shahridagi maktab internat o‘quvchisi ekani, bolaligidan yura olmasligi aytiladi. Bu o‘quvchiga «Artek» oromgohida shtangani ikki qo‘llab tik ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini yangilashga to‘sqinlik qilmadi. Ushbu natijaga erishish uchun bolakayga 25 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi.

Endilikda, Vladning asosiy maqsadi - Rossiya Paralimpiya terma jamoasi a'zosiga aylanish.

Ko‘proq yangiliklar: