Ronaldu Messi bilan o‘rtasidagi farqni tushuntirdi

Sport 17:34 / 13.08.2019 23145

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga «Barselona» yetakchisi Lionel Messidan uni nima farqlab turishi haqida savol berishdi.

«Farqimiz shundaki, men bir nechta klublarda o‘ynadim va turli jamoalar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdim. Bu musobaqada qatorasiga olti yil ketma-ket eng yaxshi to‘purar bo‘ldim. YeChLda besh marta g‘alaba qozonish unchalik ham ko‘p futbolchiga nasib etgan emas. Shunday ekan, men o‘zimni bu turnir bilan bog‘lab ko‘rsata olaman.

Messi – juda zo‘r futbolchi. U nafaqat «Oltin to‘p»lari bilan, balki – xuddi men kabi – yildan yilga o‘yini o‘sib borgani bilan ham odamlarning yodida qoladi», – dedi Ronaldu DAZN`ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu bu intervsida «ortiq pulga ehtiyoji yo‘qligi, o‘z ismini futbol tarixiga yozib, yana ham ko‘proq g‘alabalarga erishishni xohlayotgani» haqida ham gapirgan.

Ko‘proq yangiliklar: