Davlat ekologiya qo‘mitasi G‘allaorolda qurilayotgan kimyoviy o‘g‘it kombinatiga oid maqolaga munosabat bildirdi 

Jamiyat 18:29 / 13.08.2019 6936

“KUN.UZ saytida “G‘allaorolliklar nega darg‘azab: bu yerda qurilayotgan kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqarish kombinati salomatlik va ekologiya uchun zararlimi?” sarlavhasi ostida e'lon qilingan maqola Davlat ekologiya qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan “GALLAOROL KALIY FOSFAT” mas'uliyati cheklangan jamiyatning texnologik jarayonida atrof-muhitga ta'siri darajasini o‘rganib chiqdi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “G’allaorol kaliy fosfat” mas'uliyati cheklangan jamiyatini o‘rganish natijalari:

Mineral o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha mazkur korxona Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 949 -son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxati”ga muvofiq atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning

I - toifasiga mansub bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga

20 ming tonnani tashkil etib, asosiy xomashyosi esa kaliy xlorid va sulfat kislotasi hisoblanadi.

O‘z navbatida, korxonada asosiy xomashyo sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan sulfat kislotani saqlash uchun maxsus sig‘imlar o‘rnatilgan bo‘lib, kislota maxsus quvurlar orqali pechga yuboriladi. Pechda kaliy xlorid va sulfat kislota aralashma hosil bo‘lib, 500-700 gradus issiqlikda qizdiriladi. Tayyor mahsulot ­­­­­­­­––– kaliy sulfat olinadi. Ushbu texnologik jarayoni davlat ekologik ekspertizasi uchun taqdim etilgan loyihada ko‘rsatib o‘tilgan.

Korxonaning atrof muhitga ta'sir to‘g‘risidagi arizasiga Davlat ekologiya  qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 7 mayda davlat ekologik ekspertiza hulosasi berilgan.

Ekspertiza xulosasiga asosan atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar manbalari soni 6 ta bo‘lib, tashlamalarning jami miqdori yiliga 0,5 tonnani tashkil etadi.

Shuningdek, atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar 12 turda bo‘lib, shundan: kaliy sulfat changi – 38,2%, kaliy xlorid– 25%, trikaliygidrosulfat – 19,3%, vodorod xloridi – 13,1% va tabiiy gaz yoqilganda hosil bo‘ladigan tashlamalar – 3,1% ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, davlat ekologik ekspertiza hulosasidagi xisob - kitoblarga ko‘ra, korxona chegarasidan tashqarisida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori belgilangan me'yordan pastligi aniqlangan.

Kaliy sulfat changi belgilangan ruxsat etilgan me'yoriy miqdori (REMM- ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga yoki atrof muhitga uzoq muddat davomida kunlik ta'siri hamda salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan maksimal miqdori) 0,15 %, trikaliygidrosulfat belgilangan REMM 0,10 % va boshqa tashlamalarning eng yuqori bo‘lgan normadagi konsentratsiyasi belgilangan REMMning 0,1 % hisob-kitobini tashkil qilgan.

Shu bois, davlat ekologik ekspertiza hulosasida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasiga quyidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar qo‘yilgan:

korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshlamasdan oldin atrof tabiiy muhitga ta'siri bayonoti loyihasini ishlab chiqishi va “Davlat ekologik ekspertiza markazi DUKga taqdim qilishi;

sulfat kislotasidan foydalanishdagi texnologik jarayonda avariya holatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

korxonada kislota saqlash va tarqatish tarmoqlariga elektron avtomat blokirovka uskunalarini o‘rnatish;

korxona qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarni joyida bartaraf etish maqsadida jamoatchilik fikrini eshitish va ular tomonidan kiritilgan takliflar bo‘yicha loyiha qarorlariga tuzatishlar kiritish” – deyiladi qo‘mita rasmiy ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: