Yuqori qon bosimidan xalos bo‘lishning 4 qadami ma'lum qilindi  

Light 08:31 / 12.08.2019 60372

Amerikalik kardiolog Elizabet Klodas yuqori qon bosimi – gipertoniyadan xalos bo‘lishning 4 qadamini ma'lum qildi. 

Mutaxassisning tavsiya qilishicha, buni vaznni nazorat qilishdan boshlash lozim. Ortiqcha vazn bo‘lganda jismoniy faollikni oshirib, ovqatlanish ratsioniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kerak. Vaznning me'yorlashtirilishi qon bosimining sezilarli pasayishiga olib keladi.

Gipertoniyaga qarshi kurashishning 2-qadami natriy iste'moli darajasini pasaytarish hisoblanadi. Bunga nonushtaga barra sabzavotlar va mevalar iste'mol qilish orqali erishish mumkin.

Shuningdek, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish lozim, bu yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi.

Va yakunda spirtli ichimliklar iste'mol qilish va tamaki chekishdan voz kechmoq lozim.

Ko‘proq yangiliklar: