2019 yil 10 iyul kuni Buxoro shahri A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 51 yoshli O.H. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U Kogon tumanida yashovchi 35 yoshli B.Sh. o‘ziga uy olib berishlikni va'da qilib, 2015 yil may-oktabr oylarida bo‘lib-bo‘lib, jami 65000 AQSh dollari va tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan olib, O.H.ga Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasi 73-uy 66-xonadonning kadastr yig‘ma jildiga tikilgan guvohnomasini qalbakilashtirib, unga berganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Sh. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.