Turkmaniston qo‘shni davlatlarga innovatsion shahar barpo etish taklifi bilan chiqdi

Jahon 10:50 / 12.08.2019 42680

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘shni davlatlarga «Kaspiy» innovatsion shahrini barpo etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Biz texnologik va innovatsion start uchun haqiqatan ham muhim platformani shakllantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu maqsadda xalqaro innovatsion-texnologik markaz barpo etishni taklif qilamiz. Uni «Kaspiy» innovatsion shahri deb atash mumkin. Bu yerda, o‘ziga xos g‘oyalar laboratoriyasida, Kaspiybo‘yi hamda boshqa davlatlar olimlari, fundamental va amaliy fan mutaxassislari Kaspiy uchun yangi texnologik reja yaratish ustida birgalikda ishlamoqda», - dedi Berdimuhamedov «Avaza» kurort hududida Kaspiy iqtisodiy forumining ochilishida nutq so‘zlab.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, innovatsion shaharda raqamli klasterlar yaratiladi.

Berdimuhamedov bunday shaharni qayerda barpo etish mumkin ekaniga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi bugun, 12 avgust kuni boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: