Neymarning advokati «Kamp Nou»ga bordi

Sport 17:44 / 12.08.2019 12897

Braziliyalik Neymarning advokatlari «Barselona»ga tegishli «Nou Kamp» stadioniga borishdi. Ularning stadionga kirayotgan suratlari Football Espana nashrida e'lon qilingan.

Manbada aytilishicha, advokatlar Neymarning «Barselona»ga qaytishini muhokama qilishadi. Braziliyalik futbolchi bir nechta transfer takliflaridan biri asosida «Barselona»ga qaytishi kutilmoqda. Futbolchi «PSJ»ga 222 million yevro evaziga transfer qilingandi va bu jahon rekordi hisoblanadi.

Neymar «Nim»ga qarshi Fransiya chempionati 1-turidan o‘rin olgan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagandi. Parijliklar murabbiyi Tomas Tuxel esa jamoa Neymarsiz o‘ynashga odatlanishi kerakligi haqida aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: