17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar, Xitoyda hech qanday imtihonlarsiz, grant asosida o‘qishlari mumkin!

Jamiyat 08:59 / 12.08.2019 53849

O‘zbekistonning barcha hududlaridan, 17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan talabalar, hech qanday kirish imtihonlarisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyning nufuzli universitetlariga grant asosida bakalavr darajasiga o‘qishga qabul qilinishlari mumkin!

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ta’lim grantlari ajratilgan yo‘nalishlar:

  • Xitoy tili va adabiyoti;
  • Iqtisodiyot;
  • Moliya menedjmenti;
  • Biznes boshqaruvi;
  • Marketing;
  • Buxgalteriya;
  • Kompyuter texnologiyalari va dasturlash;
  • Industriya injineriyasi;
  • Mexanika injineriyasi;
  • Arxitektura va shaharsozlik.

Xitoyda oliy ma’lumot olish nafaqat foydali, balki nufuzlidir.

Bu bayonot bilan bahslashish qiyin, chunki o‘tgan o‘n yillikda nafaqat Xitoy iqtisodiyoti, balki ta’lim tizimi ham dunyo yetakchilari qatoridan joy oldi. Dunyoning nufuzli universitetlari qatoriga kirgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatini yaratib berish esa China Education kompaniyasida ham mavjud!

«Chet tilini mukammal bilmasdan turib, IELTS yoki HSK sertifikatlarisiz va buni ustiga hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib grant asosida xalqaro universitet talabasi bo‘lish mumkin?», – degan savol tug‘iladi kishida.

Xo‘sh, buning iloji bo‘lsa, bundan Xitoyga nima foyda?

Birinchidan, Xitoy Xalq Respublikasining asosiy maqsadlaridan biri bu Xitoy tilini jahon miqyosida keng tarqatish. Shuning uchun ham barcha birinchi kurs talabalaridan yil oxirida Xitoy tilini bilish darajasini aniqlovchi test (HSK) olinadi.

Ikkinchidan, diplom xalqaro bo‘lib, butun dunyoda amal qiladi va xohlagan talaba o‘z oliy ta’limini Markaziy Osiyodan tortib, Yevropa va Amerikada ham davom ettirishi mumkin!

Nima uchun aynan China Education?

  • Hujjatlarni tayyorlash uchun atigi 1 kun vaqt sarflaysiz;
  • Barcha xizmatlar qonun doirasida shartnoma asosida ko‘rsatiladi;
  • Viza uchun hujjatlarni malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
  • Xitoyda kutib olish va universitetga joylashtirish kompaniya zimmasida;
  • Ota-onalar talablariga binoan o‘quvchining darsga qatnovi va baholari ma’lumotlarini yetkazib beramiz.

Talabalar qayerda yashashadi?

Universitet hududida xorijlik talabalar uchun maxsus yotoqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, asosan 2-4 kishilik xonalardan iborat. Har bir xonada alohida yuvinish xonasi, har bir qavatda esa oshxona va kir yuvish xonasi mavjud.

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 70 foizdan 100 foizgacha grantga ega bo‘lish talablari:

  • Bakalavr darajasiga qabul 17 yoshdan 24 yoshgacha;
  • Magistr darajasiga qabul 30 yoshgacha;
  • Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish.

Hujjatlar 25 avgustgacha qabul qilinadi, o‘qish esa shu yili sentabr oyidan boshlanadi!

Murojaat uchun telefonlar:

+998 95 145 71 73

+998 95 340 71 73

+998 98 812 71 73

+998 99 860 71 73 

Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida ma’lumotga ega bo‘ling!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram

Instagram

Rasmiy saytimiz: www.chinaedu.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: