Ukrainada dollarni milliy valuta qilish iltimos qilindi 

Jahon 21:24 / 11.08.2019 17913

Ukraina prezidenti saytida Ukrainada pul islohoti o‘tkazib, AQSh dollarini milliy valuta qilish iltimosi bildirilgan petitsiya ro‘yxatga olindi. 

“Ukraina milliy valutasining beqarorligi sababli pul islohoti o‘tkazib, Ukraina milliy valutasi grivnani barqarorroq valuta – AQSh dollariga narx-navo, maoshlar, stipendiyalar, pensiyalar, korxona, muassasa va tashkilotlar hisobidagi mablag‘lar va fuqarolar omonotlarini qayta hisoblash bilan almashtirishni so‘raymiz”, deb yozgan petitsiya muallifi.

Iltimosnoma 7 avgustda qayd qilingan, bu vaqt ichida uni 100 dan ko‘proq odam imzolagan.

Murojaatni prezident ko‘rib chiqishi uchun u 90 kun ichida kamida 25 ming imzo to‘plashi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: