Shimoliy Koreya Kim Chen In rahbarligi ostida yangi turdagi qurolni sinovdan o‘tkazdi 

Jahon 07:25 / 11.08.2019 15749

Shimoliy Koreya 10 avgustda mamlakat rahbari Kim Chen In rahbarligi ostida yangi turdagi qurol sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.  

Agentlik qurol turini ma'lum qilmagan, biroq u Shimoliy Koreya hududi sharoitlariga mos holda yaratilgan va eski turdagi qurollardan farqlanuvchi samaraliroq taktik ko‘rsatkichlarga ega.

Ta'kidlanishicha, Kim Chen In sinovlar natijalaridan mamnun qolgan.

Avvalroq Yonhap agentligi Shimoliy Koreya 10 avgustda kichik masofadagi ballistik raketalarni uchirganini, parvoz uzoqligi 400 km.ni, maksimal balandligi 48 km.ni tashkil qilganini ma'lum qilgan. 

Oxirgi 2 hafta ichida bu shimoliy koreyalik harbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan 5-sinovdir.

Ko‘proq yangiliklar: