«Paxtakor-79»ga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi

Sport 16:41 / 11.08.2019 37387

«Paxtakor-79» fojiasining 40 yilligiga bag‘ishlangan hujjatli film taqdim etildi.

40 daqiqalik asar «Osmonda abadiy qolgan yulduzlar haqida film» («Film o zvyozdax, kotoryye navsegda ostanutsya v nebe») deb nomlanadi.

Ssenariy mualliflari – Doniyor Shokirov, Farrux Rasulov va Davron Fayziyev. Postanovkachi rejissyorlar – Farrux Rasulov va Sardor Ahmedov. Rejissyor – Muhiddin Boymirzayev.

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 19:00dan boshlab «Paxtakor» stadionida badiiy tadbirlar boshlanadi. Soat 20:00da shu o‘yingohda «Paxtakor» va sobiq SSSR afsonalari jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Kirish chiptalari stadion oldida bepul tarqatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: