Myanmaning janubi-sharqidagi Mon shtatida yuz bergan ko‘chkilar oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ko‘chki kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan. Shuningdek, Paung aholi punktida bir nechta qishloq suv ostida qolgan, bir qator maktablar vaqtinchalik yopilgan.
Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.