Afg‘oniston rahbari mamlakat ichki ishlariga aralashuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi

Jahon 19:35 / 11.08.2019 15692

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasidagi muzokaralar ortida mamlakat ichki ishlariga aralashuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda 1TV telekanali ma'lum qildi. 

“Bizning kelajak tashqaridan, do‘stlarimiz, dushmanlarimiz va qo‘shnilarimiz poytaxtlarida hal qilinmasligi kerak. Afg‘oniston taqdiri bu yerda, vatanimizda hal qilinadi. Biz ishlarimizga kimdir aralishishini istamaymiz”, deb aytgan G‘ani Qurbon hayit namozidan keyin.

G‘anining ta'kidlashicha, Afg‘onistonda sentyabrda o‘tadigan prezident saylovlari u uchun hal qiluvchi bo‘ladi va unga “og‘ir qarorlar” qabul qilish va ularni amalga oshirish bo‘yicha keng vakolatlarni beradi.

AQSh va “Tolibon” Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish va amerikalik harbiylarning olib chiqilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu muzokaralar ularga taklif qilinmagan Afg‘onistonda norozilik keltirib chiqargan. AQSh Afg‘oniston rahbariyati ushbu jarayonda ishtirok etishi kerak, deb hisoblamoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: