«Liverpul» Superkubokda asosiy darvozaboni xizmatidan foydalana olmaydi

Foto: Dave Thompson/AP
«Liverpul» darvozaboni Alisson APL 1-turidan o‘rin olgan «Norvich»ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Braziliyalik posbon 39-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini jamoaning yangi o‘yinchisi Adrian egalladi.
O‘yindan so‘ng «Liverpul» ustozi Yurgen Klopp darvozabonning jarohati mushak bilan bog‘liq ekani va jiddiy emasligini aytdi. Ammo UYeFA Superkubogi uchun bahsda maydonga tushmasligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, UYeFA Superkubogi uchun bahsda «Liverpul» va «Chelsi» klublari bellashadi. O‘yin 15 avgust kuni soat 23:55da boshlanadi.
Mavzuga oid

12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari

19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi

14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi

23:13 / 30.07.2022