APLda yangi mavsum boshlandi. «Liverpul»da yirik g‘alaba

Sport 07:24 / 10.08.2019 14316

Angliya chempionatining yangi mavsumi «Liverpul» va «Norvich Siti» o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob 7-daqiqadayoq ochildi, mehmonlar himoyachisi Grant Henli o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 19-daqiqada Roberto Firminoning pasidan keyin Muhammad Saloh mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Salohning burchak zarbasidan keyingi uzatmasini Virjiyl van Deyk boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. 39-daqiqada «Liverpul» asosiy darvozabonidan ayrildi, Alison Beker jarohat tufayli o‘yinni davom ettira olmadi va uning o‘rnini Adrian egalladi. Bo‘lim oxirida Divok Origi mezbonlarning to‘rtinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda «Norvich Siti» hujumchisi Teemu Pukki yagona javob goli bilan o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

Angliya chempionati
1-tur
Liverpul – Norvich 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar 
:1:0 – 7, avtogol Henli, 2:0 – 19 Saloh, 3:0 – 28 van Deyk,4:0 – 42 Origi, 4:1 – 64 Pukki.
Liverpul – Alisson (Adrian, 39), Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Roberson, Henderson, Fabino, Veynaldum, Saloh, Firmino (Milner, 86), Origi (Mane, 74).
Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Maklin, Tribull (Ernandes, 70), Buendia, Shtipermann (Lyaytner, 58), Kentuell, Pukki (Drmich, 83).
Ogohdantirishlar: Lyaytner (60), Buendia (65)

Ko‘proq yangiliklar: