«Toshkent metropoliteni» UK bugun, 9 avgust kuni «Kosmonavtlar» metro bekatida yuz bergan holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, soat 08:55larda, Toshkent metropolitenining «Kosmonavtlar» stansiyasining ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng bu holat kolodkaning o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga olib kelgan va tutun paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Nosozlik 5 daqiqada bartaraf etildi, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta'sir etmagan.