Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining Harmony OS deb nomlanuvchi operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.
Huawei CBG rahbari Richard Yuning aytishicha, operatsion tizim smartfonlar, kompyuter va planshetlarga o‘rnatilishi mumkin.
Operatsion tizim shuningdek, aqlli soat, ekran, kolonka kabi intellektual qurilmalarda ham ishlaydi. Shu tarzda foydalanuvchi o‘z qurilmalarida yagona ekotizimni yaratishi mumkin.
Kompaniya shu bilan birga kompaniya yangilangan EMUI 10 interfeysini ham namoyish etdi.
Harmony Android operatsion tizimi o‘rnini egallashi mumkin.
May oyida AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. Buning ortidan Google Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.