O‘rtoqlik o‘yini. "Real" Azarning debyut goli evaziga g‘alaba qozondi

Sport 00:27 / 08.08.2019 10842

"Real Madrid" "Red Bull Avstriya"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 19-daqiqada Azar tomonidan kiritildi. Ushbu gol belgiyalik futbolchining "Real" safida kiritgan ilk goli bo‘ldi. 

O‘rtoqlik o‘yini

Red Bull Avstriya – Real Madrid Ispaniya 0:1

Gol: 0:1 – 19 Azar.

Red Bull – Stankovich (Karlos, 46), Nissen Kristensen (Farkash, 59), Ramalo (Fallsi, 46; van der Verff, 75), Ongene (Mensa, 46), Ulmer (Okugava, 46), Samasseku (Ashimeru, 46), Berned (Yunuzovich, 46), Soboslai (Diarra, 46; Kamara, 76), Minamino (Mvepu, 46), Xoland (Daka, 46), Koyta (Xvan Xi Chxan, 46).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 76), Varan, Militao (Nacho, 46), Marselo, Isko (Vaskes, 76), Kroos, Azar (Yovich, 62), Kazemiro (Valverde, 46), Ramos, Benzema (Vinisius Junior, 76).
Ogohlantirishlar: Varan (54), Mvepu (63), Karvaxal (64), Farkash (72), Valverde (81), Nacho (85).

Ko‘proq yangiliklar: