Van de Bek transferi bilan «Real» asosiy jamoasida U-23 toifa futbolchilar soni o‘ndan oshadi

Sport 14:49 / 06.08.2019 4443

«Real» «Ayaks»dan Donni van de Bekni sotib olsa, jamoa tarkibida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar soni 11 nafarga yetadi.

AS`ning eslatishicha, hozir «qaymoqranglilar» asosiy jamoasida U-23 toifaga mansub 10 nafar futbolchi bor va ularning 8 nafari 21 yosh yoki undan kichik: Andrey Lunin (20 yosh), Alvaro Odriosola (23), Eder Miliato (21), Federiko Valverde (21), Vinisius (19), Rodrigo (18), Marko Asensio (23), Ibrohim Dias (20), Luka Yovich (21) va Takefusa Kubo (18).

Ushbu futbolchilardan faqat darvozabon Andrey Lunin jamoani tark etishi kutilyapti, u ijara asosida «Leganes» yoki «Valyadolid»ga o‘tishi mumkin.

Shuningdek, Kubo va Rodrigoning «Kastilya»ga o‘tkazilishi yoki asosiy jamoada qolishi masalasi hali ochiq turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: