Ochiq qolgan derazadan foydalangan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Jamiyat 14:57 / 06.08.2019 4238

2019 yil 1 avgust kuni noma'lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida “Yangi bozor” MFYda yashovchi 35 yoshli S.A. ismli ayolni uyiga ochiq qolgan deraza oynasi orqali kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u uydan 5 mln. so‘m puli, 2 dona “Samsung” hamda 1 dona “LG” rusumli mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy tumani “Tagjap” OFYda yashovchi 31 yoshli R.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: