Jamiyat | 19:00 / 06.08.2019
112972
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘rijarda qarmoqqa ilingan jasad bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati poytaxt markazidan oqib o‘tuvchi Katta Bo‘rijar kanalidan topilgan jasad bo‘yicha ma'lumot berdi.

«5 avgust kuni soat 10:40da 102 raqamiga Bo‘rijar kanalida baliq ovlayotgan, 31 yoshli Bobur R. tomonidan qo‘ng‘iroq kelib tushgan. U o‘z xabarida Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalida inson jasadini ko‘rganini bildirgan.

FVV qutqaruvchilari tomonidan jasad suvdan chiqarib olingan. Ma'lum bo‘lishicha, u Shayxontohur tumanida yashagan, 27 yoshli A.M. bo‘lgan va u joriy yilning 1 avgustida bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berilgan.

Tergov oldi harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

5 avgust kuni Kun.uz sayti muxbirlari tomonidan mazkur hodisa bo‘yicha lavha tayyorlangan va «Toshkentda baliqchi qarmog‘iga inson jasadi ilindi. U qotillik qurboni bo‘lishi ham mumkin» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid