Toshkentda «Paxtakor-79» nomli ko‘cha paydo bo‘ldi

Sport 11:59 / 05.08.2019 16957

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman kengashining “Shayxontohur tumanidagi geografik obekt nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Shayxontohur tuman komissiyasining 2019 yil 22 iyul sanasida o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan, Olmazor ko‘chasidan “Paxtakor” futbol klubigacha bo‘lgan nomsiz ko‘chaga “Paxtakor-79” ko‘chasi nomini berish haqidagi taklifi ma'qullandi.

Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Shayxontohur tuman komissiyasi (R.Qurbonov, E.Jo‘rayev), Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Shayxontohur tuman filiali (Sh.Mirsoatov), Shayxontohur tumani Obodonlashtirish boshqarmasi (D.Bekbo‘tayev):

belgilangan tartibda ko‘chalar nomlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritilishi, ko‘cha nomi aks etgan nomlagichlar o‘rnatilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashiga axborot berilishi belgilab qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: