O‘zbekiston terma jamoalari va xorijiy davlat sportchilari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etiladi

Sport 07:40 / 05.08.2019 3377

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston terma jamoalari va xorijiy davlat sportchilari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi

Hujjat bilan Kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Andijon viloyati, Xonobod shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Xonobod ko‘chasida joylashgan Xonobod servis va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufiga tekin foydalanish huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ko‘rsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga topshirilishini, Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini ta'minlaydi.

Andijon viloyati, Xonobod shahrida joylashgan Xonobod servis va ijtimoiy iqtisodiyot kolleji nomini Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari va xorijiy davlat sportchilari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi deb rasmiylashtirilishi inobatga olinadi.

Quyidagilar o‘quv-mashg‘ulot bazasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

jahon va Osiyo chempionatlarida, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o‘yinlarida, Universiadalar, boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir xalqaro toifadagi sportchilarni, terma jamoalar a'zolarini tayyorlash uchun zarur sport inventarlari bilan jihozlangan zamonaviy, xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish;

sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari (keyingi o‘rinlarda terma jamoalar deb ataladi) sportchilarini markazlashtirilgan tartibda tayyorgarlik ko‘rishini ta'minlash;

sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni, sport zaxirasini tayyorlash maqsadida o‘z faoliyatini ta'minlash uchun o‘zining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

sportchilar, terma jamoalar a'zolarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, xalqaro toifadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali trener-mutaxassislar, psixologlar va metodistlarni, shu jumladan xorijdan keng jalb qilish hisobiga o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olingan holda yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish orqali ularning nazariy hamda texnik-taktik tayyorgarligi sifatini muntazam oshirish;

trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish, shu jumladan, xorijiy sportchilar va trenerlar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasida pullik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali o‘quv-mashg‘ulot bazasini saqlash, undan samarali foydalanish, xorijiy jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Belgilanishicha, o‘quv mashg‘ulot bazasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasi budjetining jismoniy tarbiya va sportga ajratiladigan mablag‘lari, o‘quv mashg‘ulot bazasining xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlari, xayriya mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘quv mashg‘ulotlar bazasi uchun qo‘shimcha obektlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish doirasida:

Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi – buyurtmachi;

tender savdolari yakunlari bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlangan tashkilotlar – bosh loyiha va pudratchi tashkilotlar etib belgilanadi.

Quyidagilar loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, shuningdek, obektlarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish hamda ularni uskunalar bilan jihozlash borasidagi xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

a) loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha – sport obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlarining manzilli dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;

b) moddiy-texnika bazani takomillashtirish, sport uskunalari, anjomlari va kiyimlari bilan ta'minlash bo‘yicha, o‘quv mashg‘ulotlar bazasining belgilangan standartlarga muvofiq uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, o‘quv mashg‘ulotlar bazasining kommunal to‘lovlari hamda tashqi elektr, gaz ta'minoti va aloqa tarmoqlarini qurish, ko‘chirish bo‘yicha – Andijon viloyati hokimligining mahalliy budjeti mablag‘lari.

Andijon viloyati hokimligi, Xonobod shahar A.Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududidan o‘quv mashg‘ulotlar bazasi uchun maxsus og‘ir atletika zali va yopiq suzish havzasini barpo etish uchun yer uchastkasi ajratadi.

Ko‘proq yangiliklar: