«Barselona» Firponing transferini e'lon qildi

Sport 17:26 / 04.08.2019 8564

«Barselona» navbatdagi transferini e'lon qildi. Kataloniya klubi «Betis» himoyachisi Junior Firponi o‘z safiga qo‘shib olganini ma'lum qildi. Klub rasmiy saytining xabar qlishicha, Firpo bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.

1996 yilda tug‘ilgan Firpo «Betis» yoshlar jamoasidan chiqqan va o‘tgan mavsumni bosh jamoada o‘tkazgandi. Qanot himoyasida o‘ynovchi va kelib chiqishi dominikanlik bo‘lgan bu futbolchining transferi «Barselona»ga 18 million yevroga tushgani aytilmoqda. Firpo yangi jamoasida 14-raqamda o‘ynaydi.

Ko‘proq yangiliklar: