Klod Makelele «Chelsi»ga qaytdi

Sport 22:25 / 02.08.2019 9605

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Klod Makelele London klubiga qaytdi. Bu haqida «ko‘klar»ning rasmiy sayti xabar berdi.

Fransiyalik «Chelsi»ning ijarada o‘ynayotgan futbolchilarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Klod akademiyaning ayrim futbolchilarini mashg‘ulot va o‘yinlarda ko‘zdan kechirish vazifasini ham bajaradi.

Makelele «Chelsi» safida 2003-2008 yillarda o‘ynagan va 6ta sovrin yutib olgan.

Klod bungacha Belgiyaning «Eypen» klubi bosh murabbiyi bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: