Jahon | 22:14 / 02.08.2019
8630
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 7 balli zilziladan so‘ng sunami xavfi e'lon qilindi

Foto: Sam John

Sumatra va Yava orollari sohillarida zilzila yuz berdi. AQSh geologiya xizmatining xabar qilishicha, zilzila kuchi 6,9 ballga teng bo‘lgan. Indoneziya meteorologiya xizmati Banten, G‘arbiy Yava, Lampung va Benkulu provinsiyalarida sunami xavfini e'lon qilgan.

Foto: AFP/Bay Ismoyo

Indoneziya meteorologiya xizmati yerosti silkinishini 7,4 ball deb baholagan va uning o‘chog‘i sohildan 10 km uzoqda bo‘lganligini xabar qilgan.

Sohilbo‘yi hududlardagi aholiga zudlik bilan dengiz sohilini tark etish va tepaliklarga joylashish tavsiya etilgan.

Indoneziya poytaxti aholisi ham zilzilani his etgan. 

Mavzuga oid