Dani Alves «San-Paulu» a'zosiga aylandi

Sport 07:59 / 02.08.2019 6883

Braziliyalik himoyachi Dani Alves faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradi. U erkin agent maqomida «San-Paulu» bilan shartnomaga imzo chekdi.

Klub rasmiy saytida bildirilishicha, 36 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2022 yil dekabriga qadar mo‘ljallab tuzilgan.

Alves so‘nggi ikki mavsumni «PSJ»da o‘tkazgan, o‘tgan oyda Braziliya milliy jamoasi safida Kopa Amerikada g‘olib chiqqan edi. U faoliyati mobaynida «Yuventus», «Barselona», «Sevilya» va Braziliyaning «Baiya» klublarida o‘ynagan.

Ko‘proq yangiliklar: