Puyol: «Real» ikki marta meni sotib olmoqchi bo‘lgan»

Sport 13:23 / 01.08.2019 7375

«Barselona»ning sobiq sardori Karles Puyolning aytishicha, o‘z vaqtida klubning ashaddiy raqibi «Real» uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni xohlagan.

«Real» ikki marotaba meni sotib olish istagini bildirgan. Lekin men shundoq ham jahonning eng yaxshi klubida edim.

«Barselona» bilan sovrinlar yutishni istaganman, shuning uchun qolganman. Birinchi marta ular 2001/02 mavsumida men bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lishgan.

Uch yil o‘tgach «Real» Kamachoni bosh murabbiy qilib tayinlagan, u esa meni va Ronaldinoni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan edi», – degan Puyolning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Ko‘proq yangiliklar: